Bundan 107 yil avval Qo‘qonda Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan edi. Atigi 72 kun faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa-da, u mintaqadagi ilk demokratik hukumat sifatida tarixda qolgan. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan so‘nggi yillarda Turkiston muxtoriyati mavzusida chop etilgan kitoblardan parchalar yig‘di.
O‘zbekistonning mustamlaka tarixi turli qatag‘onlarga to‘la: 1920-yillarda ocharchilik, keyin “Katta qirg‘in”, Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng ziyolilarga, 1980-yillarda esa butun o‘zbek xalqiga hujum. So‘nggi yillarda bu jarayonlar haqida ko‘plab kitoblar chiqdi. “Gazeta.uz” ularning ayrimlaridan parchalar ulashadi.
11-sentabr kuni 10 yildan ortiq vaqt davomida Peru prezidenti bo‘lgan Alberto Fuximori vafot etdi. U yangi zamon diktatorlari haqidagi “Manipulyativ diktatorlar” kitobining asosiy qahramonlaridan biri hisoblanadi. “Gazeta.uz” mazkur asardagi Fuximori bilan bog‘liq parchani taqdim etadi.
Bu yil iyulda amerikalik taniqli yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi Ernest Heminguey tavalludiga 125 yil to‘ldi. Uning bir qator qissa va romanlari, shuningdek, ayrim hikoyalari o‘zbek tiliga o‘girilgan. Sana munosabati bilan “Gazeta.uz” Hemingueyning “Chol va dengiz” qissasidan parchalar keltiradi.
Antuan de Sent-Ekzyuperi tavalludiga 29-iyun kuni 124 yil to‘ldi. Aslida uchuvchi bo‘lgan Ekzyuperini dunyo yozuvchi, aniqrog‘i, “Kichkina shahzoda"ning muallifi sifatida biladi. Bu asar dunyoning 300 dan ortiq tiliga, xususan, o‘zbekchaga ham o‘girilgan. Sana munosabati bilan “Gazeta.uz” qissadan parchalar ulashadi.
35 yil muqaddam 1970−1980-yillardagi turg‘unlik davrining ma’naviy, iqtisodiy va siyosiy tanazzulidan hikoya qiluvchi “Lolazor” romani nashrdan chiqqan edi. Asar muallifi Murod Muhammad Do‘st 12-aprel kuni 74 yoshni qarshiladi. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan romandan parchalar beradi.
Toshkentda «Mamlakatlar tanazzuli sabablari» kitobi hammuallifi Jeyms Robinson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir axborot hamkori hisoblangan «Gazeta.uz» nega ayrim mamlakatlar farovonroq degan savolga javob izlangan kitobdan parchalar e’lon qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting